«harbiy xizmat» tegli maqolalar


Toshkentda harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yoshli yigit vafot etdi
24 iyul 2023, 23:32

Toshkentda harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yoshli yigit vafot etdi

FVVga qarashli Toshkentdagi harbiy qismda samarqandlik askar vafot etdi. Marhumning pnevmoniya sababli olamdan o‘tgani aytilmoqda. Ammo yaqinlari bundan shubhalanib, unda jarohat izlari borligini aytmoqda. Harbiy prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Jizzaxda harbiy xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar vafot etdi
16 iyun 2023, 18:20

Jizzaxda harbiy xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar vafot etdi

Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan 19 yoshli askar vafot etdi. Samarqand harbiy gospitaliga olib ketilgan askarning o‘limiga o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab sifatida keltirilmoqda.

Surxondaryoda harbiy xizmat o‘tayotgan yigit vafot etdi
16 noyabr 2022, 09:35 1

Surxondaryoda harbiy xizmat o‘tayotgan yigit vafot etdi

Tarmoqlarda Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat o‘tayotgan qarshilik yigit vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Mudofaa vazirligi uning sog‘ligidagi shikoyat uchun klinik gospitalga yotqizilgani va operatsiyadan so‘ng yigitda biologik o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi.

Putin xorijliklarga Rossiya armiyasida xizmat qilishga ruxsat berdi
15 noyabr 2022, 12:01

Putin xorijliklarga Rossiya armiyasida xizmat qilishga ruxsat berdi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin chet el fuqaroligiga ega shaxslarni RF armiyasida xizmatni o‘tashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lgan rossiyaliklar ham harbiy xizmatga chaqiriladi.

Karantin sababli harbiy xizmatga borolmagan chaqiriluvchi Mudofaa vazirligidan xizmatni o‘tashga ruxsat so‘ramoqda
18 fevral 2022, 11:18

Karantin sababli harbiy xizmatga borolmagan chaqiriluvchi Mudofaa vazirligidan xizmatni o‘tashga ruxsat so‘ramoqda

«Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilda bir oylik harbiy xizmatga borish uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan chaqiriluvchi karantin choralari sababli 27 yoshga to‘lishidan oldin harbiy xizmatga safarbar qilinmagan. U Mudofaa vazirligidan harbiy xizmatni o‘tashga ruxsat berishni so‘ramoqda, chunki 2020 yilda vazirlik xuddi shunday vaziyatdagi 27 yoshdan oshganlarga harbiy xizmatga ruxsat bergan. Deputat Rasul Kusherbayev bunday fors-major holatlarda masala fuqaro foydasiga hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi
17 fevral 2021, 17:16

Oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, harbiy xizmat bo‘yicha nizomga hududiy tamoyil degan tushuncha kiritildi va oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting